Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston professional boks federatsiyasiga raddiya

O‘zbekiston professional boks federatsiyasiga raddiya

Foto: «Protoday.uz»

Joriy yilning 12-mart kuni «Xabar.uz» axborot-tahliliy portalida O‘zbekiston professional boks federatsiyasi matbuot xizmatining «Boks nega paysalga solinmoqda? Andijonda yana bir «hangoma» nomli maqolasi e’lon qilingan edi.

Tahririyatimizga O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Andijon viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tomonidan ushbu tashkilotga raddiya keldi. Quyida uni e’tiboringizga havola qilamiz.

«O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 29-iyuldagi «Ommaviy tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 205-sonli qaroriga asosan o‘tkazilishi rejalashtirilgan «Professional boks kechasi» ikkinchi darajali ommaviy tadbir hisoblanadi.

Qoidaga ko‘ra, bu kabi tadbirni o‘tkazish uchun tashkilotchilar tomonidan 30 kun oldindan berilgan ariza asosida tumanlar (shaharlar) hokimliklari tomonidan ruxsatnoma beriladi. Ushbu ruxsatnoma olingandan so‘ng, tegishli dastur asosida ommaviy tadbirning o‘tkazilishi tashkillashtiriladi.

Aniqlanishicha, 2018-yil davomida Andijon viloyati va Asaka tumani hokimliklariga «Professional boks kechasi» tadbirini o‘tkazish bo‘yicha belgilangan tartibdagi arizalar kelib tushmagan. Shuningdek, Andijon viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasiga yuqori turuvchi tashkilotlar hisoblangan —
O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Andijon viloyati hokimligi tomonidan bu kabi tadbirni tashkillashtirish yuzasidan buyruq yoki topshiriqlar berilmagan.

Shuni alohida ta’kidlash joizki, viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi viloyat hududida o‘tkaziladigan barcha turdagi sport tadbirlarini ommalashtirish choralarini ko‘radi va amaliy yordam berib kelmoqda».

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring