Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston terma jamoasi ikkinchi uchrashuvda ham yirik g‘alabaga erishdi

O‘zbekiston terma jamoasi ikkinchi uchrashuvda ham yirik g‘alabaga erishdi

Foto: «the-uff.com»

Poytaxtimizdagi «Milliy» stadionda «CAFA U-16 Championship» turniridan o‘rin olgan ikkinchi uchrashuvda O‘zbekiston terma jamoasi Qirg‘izistonga qarshi bahs olib bordi.

Turnirning birinchi o‘yinida vakillarimiz Afg‘oniston terma jamoasini yirik 4:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratgani haqida xabar bergandik.

Ikkinchi o‘yinda ham Usmon Toshev shogirdlari yirik 5:0 hisobida raqibdan ustunlikka erishishdi.

Endi musobaqadan o‘rin olgan 3-uchrashuvni O‘zbekiston terma jamoasi 9 iyul kuni Tojikiston terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi.

O‘zbekiston U-16 - Qirg‘iziston U-16 4:0

Gollar: Xurshid Ubaydullayev (5), Mironshoh Sattorov (41), Igor Chikrizov (43), Temur Mamasiddiqov (53), Muhammadyusuf Nosirov (80).

O‘zbekiston U-16: Mo‘minmirzo Qodirov, Sardor Abdurashidxo‘jayev, Xurshid Ubaydullayev (Daniyor Sabirov, 22), Diyorbek Rahimqulov, Temur Mamasidiqov, Mironshoh Sattorov, Igor Chikrizov (Xushnazar Xushnazarov, 85), Jasurbek Jaloliddinov, Ruslan Roziyev (Husain Norchayev, 69), Muhammadyusuf Nasirov, Azizbek Hafizov.

Qirg‘iziston U-16: Shumkarbek Topchubayev, Iriskeldi Sagiynqulov, Ilya Rusakov, Adilet Kanibekov, Bekzat Kenjebekov, Bayastan Talantbekov, Yerbol Kultayev, Aleksandr Roslov (Isa Mirlanbek 56), Beknazar Dostonjan O‘g‘li, Quvvatbek Erkinbek O‘g‘li, Sergey Shiovskiy (Jusup Jirgalbekov, 10).

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring