Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston vakillari «ITB Berlin-2019» xalqaro ko‘rgazmasida qatnashmoqda

O‘zbekiston vakillari «ITB Berlin-2019» xalqaro ko‘rgazmasida qatnashmoqda

Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati

Joriy yilning 6-10-mart kunlari O‘zbekistonning milliy stendi «ITB Berlin-2019» xalqaro turistik ko‘rgazmasida namoyish etilmoqda. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi xabar berdi.

«ITB Berlin» – bu 48 yildan ziyod vaqt mobaynida Yevropa Ittifoqida o‘tkazilib kelinadigan, dunyoning 180 ta mamlakatidan 10 mingdan ziyod sayyohlik kompaniyalari ishtirok etadigan eng yirik sayyohlik ko‘rgazmalaridan biridir.

Berlin turizm kongressi 12 yillik faoliyati davomida Berlin konvensiyasi (200 ga yaqin sessiya) doirasida amalga oshirilib kelinadi. «ITB Berlin» Konvensiyasida har yili dunyoning yetakchi soha mutaxassislari va 400 dan ortiq mashhur spikerlari ishtirok etadi.

Bu yilgi ko‘rgazmada mamlakatning sayyohlik salohiyatini ko‘rsatuvchi O‘zbekiston delegatsiyasi tarkibiga O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, «O‘zbekiston havo yo‘llari» MAK va mamlakatning 12 ta yetakchi sayyohlik kompaniyalari vakillari kiradi.

Ko‘rgazma davomida xorijiy hamkorlar bilan uchrashuvlar va muzokaralar olib borilishi kutilmoqda, unda bugungi kundagi O‘zbekistonning sayyohlik sohasidagi yutuqlari, shuningdek, mamlakatimiz viza qonunchiligidagi amalga oshirilgan o‘zgarishlar haqida batafsil ma’lumot beriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring