Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Prokuratura binosini ta’mirlab, pulini ololmagan ustalar ishi sudga oshirildi

Prokuratura binosini ta’mirlab, pulini ololmagan ustalar ishi sudga oshirildi

Foto: Xabar.uz

Ijtimoiy tarmoqlarda Qo‘ng‘irot tumanida prokuratura binosini ta’mirlagan ustalarning ish haqilarini ololmaganligi, fuqarolar ushbu masalada bir nechta tashkilotlarga murojaat qilganligiga qaramasdan natija bo‘lmayotganligi to‘g‘risida videomurojaati tarqaldi. 

Aniqlanishicha, «Mang‘it gaz servis» MChJ tomonidan 2021-2022-yillarda Qo‘ng‘irot tumani prokuraturasi binosida ta’mirlash ishlari olib borilgan.

Fuqarolar Qudaybergenov Paraxat, Saparniyazov Dauletbay, Joldibayev Serjan va Shalabayev Quanishbaylarning «Mang‘it gaz servis» MChJ rahbari va ish boshqaruvchisi bilan o‘zaro kelishib Qo‘ng‘irot tumani prokuraturasida olib borilayotgan joriy ta’mirlash ishlarida ishtirok etgan.

O‘rganish davomida MChJ tomonidan murojaat egalariga jami 10 200 000 so‘m ish haqilari to‘lanmaganligi ma’lum bo‘ldi.

Natijada Qo‘ng‘irot tumani prokuraturasi tomonidan murojaat egalari P.Qudaybergenov, D.Saparniyazov, S.Joldibayev va Q.Shalabayevlarning ish haqilarini «Mang‘it gaz Servis» MChJdan undirish haqida fuqarolik sudiga da’vo ariza kiritildi, deyiladi Qoraqalpog‘iston prokuraturasi xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring