Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Putin va Erdo‘g‘onning qachon uchrashishi ma’lum bo‘ldi

Putin va Erdo‘g‘onning qachon uchrashishi ma’lum bo‘ldi

Rossiya va Turkiya prezidentlari Vladimir Putin va Rajab Toyyib Erdo‘g‘onning uchrashuvi Tehronda, sentyabrdagi Rossiya, Turkiya va Eron sammitida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv o‘tkazilishi haqida Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qilgan, deb yozmoqda «Korrespondent.net».

Uning so‘zlariga ko‘ra, avvalroq Istambulda bo‘lishi aytilgan Rossiya, Turkiya, Germaniya va Fransiya rahbarlari sammiti bekor qilingan. Bu ma’lumotni Turkiya prezidenti ma’muriyati va mamlakat TIVda ham tasdiqlashgan.

Istambulda Rossiya, Turkiya, Germaniya va Fransiya rahbarlari sammiti bo‘lib o‘tishi haqida Erdo‘g‘on o‘zining iyul oyidagi intervyusida aytgan edi. U sammitning 7 sentyabrda bo‘lib o‘tishini ham ma’lum qilgan edi. Endilikda Peskovning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya, Eron va Turkiya sammiti aynan shu sanada bo‘lishi mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring