Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qarzdor otadan besh yillik to‘lov undirib olindi

Qarzdor otadan besh yillik to‘lov undirib olindi

Buxoroda qarzdor otadan bir nafar farzandi uchun 143.486.840 so‘m miqdoridagi 5 yillik aliment to‘lovi oldindan undirib olindi. Bu haqda «Xabar.uz»ga MIBning Buxoro viloyati boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘yicha katta inspektori Ixtiyor Olimov ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Buxoro tumanlararo sudining 01.02.2024 yildagi sud hujjatiga asosan, qarzdor Sh.B.dan undiruvchi foydasiga 1 nafar voyaga yetmagan farzandining moddiy ta’minoti uchun aliment undirish belgilangan.

Ijro harakatlari davomida hosil bo‘lgan aliment qarzdorlik sababli qarzdor otaning chetga chiqishiga vaqtincha cheklov qo‘yilgan bo‘lgan. Shunda fuqaro Sh.B farzandi moddiy ta’minoti uchun 5 yillik aliment to‘lovini oldindan to‘lashini bildirgan. Va qarzdordan undiruvchi R.X. foydasiga amaldagi o‘rtacha oylik ish haqi hisobidan 143.486.840 so‘m miqdoridagi 5 yillik aliment to‘lovi oldindan undirib berilgan.

«So‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan islohotlarga qaramasdan, oilaviy ajrimlar soni ortmoqda. Oilalar buzilishidan hammadan ko‘ra, ko‘p jabr ko‘ruvchi voyaga yetmaganlarning manfaatlari qonun bilan himoyalangan. Hozirda boshqarma ish yurituvida Buxoro viloyati bo‘yicha 16 mingdan ortiq aliment undiruvi bilan bog‘liq ijro hujjatlari mavjud. Bu 16 mingdan ortiq voyaga yetmagan bolalarning otasiz o‘sayotgani, degani. Bu judayam og‘riqli»,-deydi Ixtiyor Olimov.

Bundan ilgari qarzdor otaning aliment o‘rnida farzandlariga ikki xonali uy bergani, «Nochor» ota «Chery»sini farzandidan ustun qo‘ygani xususida xabarlar berilgan edi.

 

 

 

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring