Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qattaqo‘rg‘on — Pastdarg‘om yo‘nalishida ta’mirdan chiqqan antiqa yo‘l (foto)

Qattaqo‘rg‘on — Pastdarg‘om yo‘nalishida ta’mirdan chiqqan antiqa yo‘l (foto)

Foto: «Xabar.uz»

«Xabar.uz» manbasining ma’lum qilishicha, Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on va Pastdarg‘om tumanini bog‘lab turuvchi deyarli 40 kilometrlik yo‘l ta’mirtalab ahvolda bo‘lgan. Yaqinda qisqa vaqt ichida yo‘lning faqat bir qismi tekislanib, yangi asfalt yotqizilgan.

Foto: «Xabar.uz»

Bu haydovchilarning ko‘nglidagidek ish bo‘lgan deyish mumkin. Lekin yo‘lning bu tekis holga kelgan qismi haydovchilar uchun aslida xavfli ko‘rinish olgan. Albatta, bunga birinchi navbatda ularning o‘zlari aybdor. Har qanday sharoitda ham yo‘l qoidalariga amal qilinishi kerak. Biroq, uzoq masofali yo‘lning faqat birgina qatnov qismi ta’mirlangani ushbu yo‘lakka barcha avtoulovlar joylashib olishiga, hatto qarshi tomondan kelayotgan mashinalar ham shu yo‘lakka tushib olishiga sabab bo‘layapti ekan.

Foto: «Xabar.uz»

Aytilishicha, yo‘lning boshqa qatnov qismi hali ta’mirlanmagan. Haydovchi zoti o‘ziga tekis yo‘l qidirishga o‘rganib qolgan. Qolaversa, bir-biriga yo‘l berishga bo‘yni yor bermaydiganlari ham bor. Haydovchi va yo‘lovchilarga bu xavfdan biror zarar yetmasidan burun yo‘lning qolgan qismlari ham belgilangan tartibda ta’mirlansa yaxshi bo‘lar edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring