Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosarlari saylandi

Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosarlari saylandi

Ayni vaqtda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining birinchi majlisi bo‘lib o‘tmoqda. Biroz vaqt muqaddam Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Spikeri lavozimiga saylov o‘tkazilgani haqida xabar berib o‘tilgan edi.

Xabar.uz muxbiri ma’lum qilishicha majlisda Spikerning birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosarlari lavozimlariga ham saylov bo‘lib o‘tgan. Deputatlar tomonidan Spikerning birinchi o‘rinbosari sifatida Akmal Saidov saylandi.

Saidov uchun majlisda ishtirok etayotgan 150 deputatdan 147 nafari ovoz berdi. Yana bir deputat qarshi ovoz bergan bo‘lsa, bir kishi betaraf qoldi. Spiker o‘rinbosarlari sifatida Akmal Hayitov, Alisher Qodirov, Narimon Umarov, Bori Alixonov va Ulug‘bek Inoyatovlar saylandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring