Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Murdasi tog‘lardan topilgan Seul meri o‘limidan oldin nimalarni yozib qoldirgani oshkor bo‘ldi

Murdasi tog‘lardan topilgan Seul meri o‘limidan oldin nimalarni yozib qoldirgani oshkor bo‘ldi

«Yonhap News» agentligi Seul meri Pak Von Sunning o‘limidan oldin yozib qoldirgan xatini chop etdi.

«Hammadan uzr so‘rayman. Hayotimda yonimda bo‘lgan hammaga minnatdorchilik bildiraman. Oilam oldida o‘zimni aybdor his qilyapman, ularga ozor yetkazganman», — deyiladi xatda. Pak Von Sun murdasini yoqib, kulini ota-onasining qabri ustidan sochishlarini vasiyat qilgan. So‘ng hamma bilan vidolashgan.

Janubiy Koreya politsiyasi qizi Pak Von Sun yo‘qolib qolganini ma’lum qilgach merni qidirishga tushgan. Otasi vasiyatnomaga o‘xshash xatni yozib qoldirib, uyidan chiqib ketgan va qaytib kelmagan. Keyinchalik uning murdasi shahar shimolidagi Bugak tog‘idan topilgan. Dastlabki taxminlarga ko‘ra, o‘lim sababi o‘z joniga qasd qilish bo‘lgan.

Pak Von Sun yo‘qolib qolishidan bir kun oldin kotibasi uni sudga bergan. Ayol merni jinsiy zo‘ravonlikda ayblagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring