Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiya terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi vafot etdi

Rossiya terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi vafot etdi

Rossiya terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Boris Ignatev 85 yoshida vafot etdi.

Boris Ignatevga 2024 yil dekabr oyida onkologik kasallik (oshqozonda o‘simta) tashxisi qo‘yilgan edi.

Ignatev Moskvaning "Spartak" klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Futbolchilik faoliyati davomida u Ijevskning "Zenit," "Raketa," "Volga," Maxachqal’aning "Dinamo," Jukovskiyning "Meteor," Ufaning "Stroitel" klublarida o‘ynagan.

U murabbiylik faoliyatini 1973 yilda boshlagan va 1996 yilda Oleg Romantsev o‘rniga Rossiya terma jamoasiga murabbiylik qilgan. Uning qo‘l ostida terma jamoa 1998 yilgi jahon chempionatiga chiqa olmagan.

Ignatev 1988 yilda Yevropa chempionatida g‘olib chiqqan SSSR yoshlar terma jamoasiga murabbiylik qilgan.

Uning so‘nggi ish joyi Moskvaning "Torpedo" klubi bo‘lib, u yerda 2013 yildan 2018 yilgacha vitse-prezident lavozimida ishlagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring