Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiyalik mutaxassis «O‘zbekiston pochtasi» AJga bosh direktor etib tayinlandi

Rossiyalik mutaxassis «O‘zbekiston pochtasi» AJga bosh direktor etib tayinlandi

Foto: «Xabar.uz»

Rossiya aloqa vazirligining pochta sohasida uzoq yillar rahbarlik lavozimlarida faoliyat olib borgan Yevgeniy Birger «O‘zbekiston pochtasi» AJ jamoasiga yangi bosh direktor sifatida tanishtirildi.

Eslutib o‘tamiz, Yevgeniy Birger yaqinda bo‘lib o‘tgan #MITCROADMAP2018 anjumanida «O‘zbekiston pochtasi»ning bugungi holati yuzasidan o‘z kuzatuv va qarashlarini bayon etgan, shuningdek, O‘zbekistonda pochtani rivojlantirish, modernizatsiya qilish bo‘yicha takliflarini bildirib o‘tgandi.

Ma’lumot uchun:

Yevgeniy Vladimirovich 1960-yilda Moskva oblastida tug‘ilgan. 1982-yili Moskva elektrotexnika aloqa institutini tamomlagan. Uzoq yillar Rossiya federatsiyasi pochta sohasida rahbarlik lavozimlarida, shuningdek, Moskva iqtisodiyot institutida dotsent, Jahon iqtisodiyoti va axborotlashtirish institutida ilmiy ishlar bo‘yicha prorektor bo‘lib ishlagan. Oxirgi vaqtlarda pochta aloqasi va infokommunikatsiya yo‘nalishida ekspert-tahlilchi bo‘lib faoliyat ko‘rsatib kelgan. Oilali, uch nafar farzandi bor.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring