Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xushnudbek Xudoyberdiyev

Faqat haqiqatni, barcha haqiqatni, haqiqatdan o‘zga hech narsani…

Ruxsatnoma saytida tasdiq kod so‘rayapti, qayerdan olaman? Abituriyentlar savollariga javob berildi

Ruxsatnoma saytida tasdiq kod so‘rayapti, qayerdan olaman? Abituriyentlar savollariga javob berildi

Foto: sputnik.az

Huquqshunos-bloger Xushnud Xudoyberdiyev abituriyentlarning ayrim savollariga javob berib o‘tdi. Quyida ular bilan tanishib o‘tishingiz mumkin.

Test sinovi topshirish joyini noto‘g‘ri kiritib qo‘yishgan ekan, o‘zgartirsam bo‘ladimi?
JAVOB: Yo‘q, endi buni o‘zgartirib bo‘lmaydi. Har bir operator ma’lumotlarni kiritgandan keyin undagi ma’lumotlarning to‘g‘riligini tekshirish uchun abituriyentning o‘ziga bergan. Abituriyent o‘zi tekshirib, to‘g‘riligini tasdiqlab imzo qo‘ygan. Demakki, o‘sha paytda yaxshilab, bee’tibor bo‘lmasdan qarash kerak edi. Operatorlar 1 kunda yuzlab insonlarning ma’lumotini kiritgan. Siz esa faqat o‘zingizniki tekshirgansiz, shu sababli bu xatolikda Sizning aybingiz salmog‘i ko‘proq.

Endi ariza va ruxsatnomangizda qaysi hudud ko‘rsatilgan bo‘lsa, belgilangan kunda test sinovlarini topshirish uchun o‘sha hududga borishga majbursiz.

Tanlagan yo‘nalishlarni o‘zgartirish mumkinmi?
JAVOB: Yo‘q, endilikda anketangizdagi hech qaysi ma’lumotingizni o‘zgartirib bo‘lmaydi.

Pasport raqamim ruxsatnomada 6 ta raqam bilan noto‘g‘ri yozilibdi, endi nima qilsa bo‘ladi, bu muammo bo‘lmaydimi?
JAVOB: Agar pasport raqami 0 (nol) bilan boshlangan bo‘lsa, unda ruxsatnomada o‘sha nol tushib qolgan ko‘rinishda chiqmoqda. Masalan, pasport seriyasi va raqami AA0123456 bo‘lsa, ruxsatnomada AA123456 bo‘lib chiqyapti. Bu texnik nosozlik xolos, xavotirga o‘rin yo‘q. Ushbu holat testga kirishda muammo tug‘dirmaydi.

Ruxsatnoma saytda pasport seriya va raqamimni kiritsam, «pasport noto‘g‘ri» degan javob chiqyapti, nima qilsam bo‘ladi?
JAVOB: Bunda 2 ta holat bo‘lishi mumkin:

1) pasport seriyasini albatta lotin yozuvida kiritish kerak. Masalan, AA bo‘lsa, kirilchada yozilgan AA harflarini baza qabul qilmaydi. Shuning uchun klaviaturani lotin (ingliz) yozuviga o‘tkazib oling;

2) yuqorida aytilganidek, agar pasportingiz raqami 0 (nol)dan boshlangan bo‘lsa, unda o‘sha nolni tashlab ketib, 6 ta raqam yozib ko‘ring. Masalan, AA0123456 bo‘lsa, ruxsatnoma chop etish bazasiga AA123456 deb kiriting.

DTMdan iltimos, ruxsatnoma chop etish sahifasiga shu kabi izohlarni kiritib qo‘yish kerak. Bundan bexabar abituriyentlar qiynalmasligi uchun.

Ijodiy imtihonlar topshiradiganlarning ruxsatnomasi nima uchun bazadan chiqmayapti?
JAVOB: Test sinovlariga kirmasdan faqat ijodiy imtihon asosida o‘qishga qabul qilinadiganlar uchun ruxsatnoma.dtm.uz saytidan ruxsatnoma chiqmaydi. Chunki bu ruxsatnoma faqat test sinovlariga kirish uchun beriladi. Ijodiy imtihon topshiradiganlar imtihonga kirish uchun ruxsatnomani o‘zlari hujjat topshirgan OTMdan olishadi.

Ruxsatnomada nima uchun imtiyozlarim ko‘rinmayapti?
JAVOB: Ruxsatnomada imtiyozlar ko‘rinmaydi, unda abituriyent qachon, qayerda test sinovlarida ishtirok etishi, ta’lim shakli, ta’lim tili, tanlagan yo‘nalishlari va test topshiradigan fanlari aks etadi. Abituriyentning qo‘shimcha ma’lumotlarini shaxsiy kabinetdan ko‘rish mumkin.

Ruxsatnomani oq-qora chop etsa ham bo‘ladimi yoki rangli chiqarish kerakmi?
JAVOB: Oq-qora chiqarsangiz ham bo‘laveradi, rangli chiqarish shart emas. Asosiysi ruxsatnomaning yuqori o‘ng burchagidagi QR-kodga shikast yetmasligi kerak (buklasa bo‘ladi).

Testga kirish uchun qanday hujjat olib borish kerak?
JAVOB: test sinovlariga kirish uchun pasport va ruxsatnoma bo‘lsa kifoya.

Ruxsatnoma saytida tasdiq kodi so‘rayapti, uni qayerdan olaman?
JAVOB: tasdiq kodi degan joyga, ko‘k rangda chiqib turgan turli harflarni kiritishingiz kerak bo‘ladi (pastdagi suratga qarang). Harflar lotin yozuvida kiritilishiga e’tibor qiling.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring