Behazil: Saakashvili Ukrainaga 1-aprel kuni qaytmoqchi...

Mixail Saakashvili 2017-yili prezident (Pyotr Poroshenko) buyrug‘i bilan Ukrainadan chiqarib yuborilgandi. Chegara xizmati uning 2021-yilgacha mamlakat hududiga kirishini taqiqlab qo‘ygan.
Gruziyaning sobiq prezidenti, Odessa viloyatining sobiq gubernatori Mixail Saakashvili 1-aprel kuni Ukrainaga uchib kelishini ta’kidladi. O‘z so‘zini dalillash uchun uchun hatto telefonidagi aviachiptani ham ko‘rsatdi.
— Bu chiptani olishdan maqsadim shuki, Poroshenko saylovda ikkinchi bosqichga o‘tolmaydi. Turgan gapki, u yutqazganidan so‘ng hech bir chegarachi uning buyrug‘ini bajarmaydi va mening Ukrainaga kirishimga to‘sqinlik qilmaydi, — dedi Saakashvili jurnalist Dmitriy Gordonga bergan intervyusida.
Siyosatchi Ukraina kelajagiga ishonishini, Poroshenkosiz Ukrainani orzu qilayotganini qo‘shimcha qilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter