Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Samarqandda chaqaloqlarni vahshiylarcha o‘ldirgan jinoiy guruh ustidan hukm o‘qildi (video)

Samarqandda chaqaloqlarni vahshiylarcha o‘ldirgan jinoiy guruh ustidan hukm o‘qildi (video)

«Bir jinoyat izidan» ko‘rsatuvidan kadr.

Samarqandda sun’iy abort yo‘li bilan tug‘ilgan chaqaloqlar savdosi bilan shug‘ullangan xususiy shifoxona aniqlangani, ushbu shifoxona boshqaruvi xodimlari tirik tug‘ilgan chaqaloqlarni soxta hujjat bilan pullashgani, sotilmay qolgan go‘daklar esa qarovsiz qoldirilib, nobud qilingani haqida xabar berilgan edi.

Mavzuga oid: Yo‘rgak ko‘rmagan norasidalar

«O‘zbekiston» telekanalida shifokor Nargiz Sanaxonova va uning jinoiy sheriklari kirdikorlariga bag‘ishlangan «Bir jinoyat izidan» ko‘rsatuvi efirga uzatildi.

 «Bir jinoyat izidan» ko‘rsatuvidan kadr.

«Uz24.uz» nashrining xabar berishicha, jinoyat ishlar bo‘yicha Samarqand viloyati sudining hukmiga ko‘ra, Nargiz Sanaxonova Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismining v, j, o, p, r bandlari va boshqa moddalari bilan aybli deb topilib, unga nisbatan uzil-kesil 13 yil-u 2 oy ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi.

Uning jinoiy sherigi Dilorom Nasimovaga Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismining v, j, o, p, r bandlari, 135-moddasi 3-qismining a,g bandlari va boshqa moddalari bilan jinoyatlar majmui tariqasida 12 yil-u 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi.

Mazkur ish bo‘yicha Nargiz Sanaxonovaning qizi E’zoza Sanaxonova ham sudlangan bo‘lib, u bitta epizodda qatnashganligi uchun Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismining a,g bandlari bilan aybli deb topilib, 5 yil muddatga qamoq jazosi tayinlandi. Biroq uning yoshi va talaba ekani, qaramog‘ida ukalari borligi inobatga olinib, Jinoyat Kodeksining 72-moddasi bilan 2 yilga sinov muddati belgilandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring