Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«SamAvto» zavodi 20 yil ichida 34 mingdan ortiq mahsulot ishlab chiqardi

«SamAvto» zavodi 20 yil ichida 34 mingdan ortiq mahsulot ishlab chiqardi

Foto: «Gazeta.uz»

1999-yilning martida birinchi avtobus Samarqand avtomobil zavodi konveyeridan chiqarilgandi. 20 yil ichida 34 ming donadan ortiq mahsulot ishlab chiqarildi.

Hozirgi vaqtda «SamAvto» MChJda avtobuslarning shahar va shahar atrofida harakatlanishga mo‘ljallangan 7 turi, yuk va ixtisoslashtirilgan avtomobillarning 36 tadan ortiq kuzovlari turlari o‘rnatiladigan shassilarning 7 ta turi tayyorlanadi. Zavod faoliyati tufayli O‘zbekiston avtoparklari shahar va shahar atrofi tashishlari uchun yangi avtobuslar bilan to‘ldirilib turibdi. Furgonlar, samosvallar, kommunal texnika, yong‘in o‘chirish avtomobillari va axlat tashuvchi avtomobillar butun mamlakat bo‘yicha ekspluatatsiya qilinmoqda. Mahsulot lineykasiga ham dizel dvigatellari bilan avtomobillar, ham siqilgan tabiiy gazda ishlaydigan moddellar kiritilgan.

«Samarqand avtomobil zavodining mahsulotlari Qozog‘iston, Rossiya, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Ozarbayjon va Gruziya kabi mamlakatlarda qo‘llanilishidan faxrlanamiz. Nafaqat O‘zbekiston, balki xorijda ham ekspluatatsiya qilinadigan «SAZLE60» avtobusi shaxsiy modelining ishlab chiqilishi korxona rivojlanishida muhim bosqich bo‘ldi», — deydi «SamAvto» MChJ bosh direktori O‘lmas Yo‘ldoshev.

Shu yilning 16-mart kuni korxona o‘zining 20 yilligini nishonladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring