Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shahobiddin Zoirov yarim finalga chiqdi

Shahobiddin Zoirov yarim finalga chiqdi

Foto: MOQ matbuot xizmati

Yekaterinburg shahrida boks bo‘yicha jahon chempionatining o‘ninchi kun bellashuvlariga start berildi. Chorak final bosqichini vakillarimizdan Shahobiddin Zoirov (-52 kg) bolgariyalik Daniyel Asenovga qarshi bahs bilan boshlab berdi.

Shiddatli va murosasiz kechgan bellashuv yakuni bo‘yicha Shahobiddin Zoirov yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Shu tariqa, bokschimiz o‘zi uchun jahon chempionatining kamida bronza medalini naqd qilib qo‘ydi. Hamyurtimiz finalga chiqish uchun fransiyalik Billol Bennama bilan to‘qnash keladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring