Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shartli ozod qilinganlar ustidan nazorat kuchaytirilishi mumkin

Shartli ozod qilinganlar ustidan nazorat kuchaytirilishi mumkin

Senatda jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilingan shaxslar ustidan probatsiya nazoratini kuchaytirishga qaratilgan qonun muhokama qilindi.

Qonun bilan Jinoyat kodeksi, Jinoyat-protsessual kodeksi, Jinoyat-ijroiya kodeksi hamda «Probatsiya to‘g‘risida»gi qonunga qator o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilishi nazarda tutilmoqda.

Xususan, shartli ozod qilingan shaxslarga probatsiya organlariga muntazam kelib ro‘yxatdan o‘tish majburiyati yuklanadi. Bu orqali ularning xulq-atvori ustidan tizimli nazorat o‘rnatilishi va qayta jinoyat sodir etish ehtimoli kamaytirilishi aytilmoqda.

Shuningdek, qonun loyihasiga ko‘ra, shartli ozod qilingan shaxs sudga mustaqil murojaat qilishi mumkin bo‘ladi. Nazoratni bekor qilish yoki o‘zgartirish tartibi aniq belgilanadi hamda probatsiya nazoratining yangi mexanizmlari joriy etiladi.

Qonun bilan tergov hibsxonalarida saqlanayotgan shaxslar huquqlarini kengaytirish ham nazarda tutilgan. Jumladan, bayram va dam olish kunlari qo‘shimcha kiyim-kechak olish hamda oziq-ovqat xaridi uchun ajratiladigan mablag‘ni oshirish taklif qilinmoqda.

Senatorlar fikricha, mazkur qonun jinoyatchilikning oldini olish, shaxslarni jamiyatga qayta moslashtirish va inson huquqlarini himoya qilishga xizmat qiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring