Shavkat Mirziyoyev obodonlashtirish xodimlari, haydovchilar va boshqalarga minnatdorchilik bildirdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev obodonlashtirish xodimlariga, haydovchilarga, poytaxt ahli va mehmonlariga minnatdorlik bildirdi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.
Ayni kunlarda O‘zbekistonda 102 ta davlat hamda 30 ga yaqin xalqaro tashkilotlardan kelgan delegatsiyalar mehmon bo‘lib turibdi.
Yo‘l harakati nuqtai nazaridan poytaxt yo‘llarida turli qiyinchiliklar va noqulayliklar yuzaga kelayotgan bo‘lishi mumkin.
Lekin xalqimiz, ayniqsa, haydovchilarimiz va shahar ahli ushbu yirik tadbirlarning ahamiyatini to‘g‘ri tushunib, yuksak madaniyat ko‘rsatishmoqda.
«Fursatdan foydalanib, obodonlashtirishda mehnat qilayotgan barcha opa-singillarimiz va aka-ukalarimizga, haydovchilarimizga, butun Toshkent ahli hamda mehmonlariga hurmatli Prezidentimizning minnatdorliklarini yetkazmoqchiman», — dedi Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter