Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev Erdo‘g‘onga tabrik yo‘lladi

Shavkat Mirziyoyev Erdo‘g‘onga tabrik yo‘lladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiyaning milliy bayrami – Respublika e’lon qilingan kun munosabati bilan Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘onga tabrik yo‘lladi.

Maktubda so‘nggi yillarda mamlakatlarimiz o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, infratuzilma va moliyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa ustuvor sohalardagi ko‘p qirrali aloqalar jadal rivojlanib, tom ma’noda strategik sheriklik darajasiga ko‘tarilgani mamnuniyat bilan qayd etilgan.

Davlatimiz rahbari Turkiya yetakchisi va oila a’zolariga sihat-salomatlik, baxt-saodat, Rejep Tayyip Erdo‘g‘onning serqirra va mas’uliyatli faoliyatiga yangi zafarlar va tuganmas kuch-g‘ayrat, qardosh turk xalqiga esa tinchlik-omonlik va bardavom taraqqiyot tilagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring