Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston prezidentiga hamdardlik bildirdi

Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston prezidentiga hamdardlik bildirdi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston davlat rahbari Qasim-Jomart Toqayevga hamdardlik bildirdi.

«Prezident Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonning Jambil viloyatida yo‘l-transport hodisasi oqibatida insonlar halok bo‘lgani munosabati bilan Prezident Qasim-Jomart Toqayevga hamdardlik bildirdi», — deyiladi O‘zbekiston Prezidentining matbuot xizmati tomonidan berilgan xabarda.

Kecha, 20 aprel 05.00da Olmaota — Toshkent yo‘lining 181-kilometrida avtobus halokatga uchrab, 8 kishi voqea joyida halok bo‘lgan, 32 nafari turli tan jarohatlari bilan kasalxonaga yetkazilgan edi. Kasalxonada yana uch kishi jarohatlardan vafot etdi.

Halok bo‘lgan va jarohatlanganlar orasida O‘zbekiston, Qozog‘iston va Tojikiston fuqarolari bo‘lgan. Hamyurtlarimizdan uch kishi halok bo‘lgan va yana 12 kishi turli darajada tan jarohatlari olgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev topshirig‘iga ko‘ra kecha favqulodda vaziyatlar, tashqi ishlar, ichki ishlar, sog‘liqni saqlash vazirliklari va boshqa idoralar vakillaridan iborat hukumat komissiyasi tuzildi.

Hukumat komissiyasiga Qozog‘iston tomoni bilan kelishilgan holda halok bo‘lganlar va jabrlanganlarni Vatanga olib kelish, ularning oilalariga zarur yordam ko‘rsatishni tashkil etish vazifasi topshirildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring