Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shavkat Mirziyoyev To‘qayevni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev To‘qayevni tavallud kuni bilan tabrikladi

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev telefon orqali Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayevni tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, unga mustahkam sog‘liq, baxt-saodat, qardosh Qozog‘iston xalqining tinch-osoyishta hayoti va ravnaqi yo‘lidagi mas’uliyatli davlatchilik faoliyatiga katta muvaffaqiyatlar tiladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston Prezidenti Turkiy davlatlar tashkilotining Turkistondagi norasmiy sammiti hamda mazmunli muzokaralar yuqori darajada tayyorlangani va o‘tkazilgani, ular tufayli ishtirokchi mamlakatlar o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlik yangi sur’at kasb etganini alohida ta’kidladi.

Shu jumladan, oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirish doirasida O‘zbekiston – Qozog‘iston yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlashning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.

Ta’kidlanishicha, o‘zaro manfaatli hamkorlik barcha sohalarda jadal rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Yaqin yillarda ikki tomonlama tovar ayirboshlash hajmini 10 milliard dollarga yetkazish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda, investitsiyaviy faoliyat, shu jumladan, Xalqaro sanoat kooperatsiyasi markazi doirasida kengaymoqda, energetika, transport, ekologiya va madaniy-gumanitar sohalarda istiqbolli loyiha va tashabbuslar amalga oshirilmoqda.

Bundan tashqari, bo‘lajak Hukumatlararo komissiya yig‘ilishi, Hududlar rahbarlari kengashining birinchi uchrashuvi va boshqa mexanizmlar doirasida yangi iqtisodiy kun tartibini ishlab chiqish muhimligi ta’kidlandi.

Muloqot davomida ikki va ko‘p tomonlama tadbirlar rejasi ham ko‘rib chiqildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring