Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shavkat Mirziyoyev Yanchen kimyo zavodidagi falokat tufayli Si Szinpinga ta’ziya bildirdi

Shavkat Mirziyoyev Yanchen kimyo zavodidagi falokat tufayli Si Szinpinga ta’ziya bildirdi

Foto:«Uza.uz»

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Szyansu provinsiyasi, Yanchen shahridagi kimyo zavodida ro‘y bergan falokat oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani munosabati bilan Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinga chuqur ta’ziya bildirdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi. 

21-mart kuni Xitoyning sharqida joylashgan Yanchen shahridagi sodir bo‘lgan baxtsiz hodisada jami 44 nafar kishi halok bo‘ldi, yana 90 ta odam jarohatlangan. 32 nafar insonning hayoti so‘roq ostida turgani va 58 kishi og‘ir ahvoldaligi ochiqlangan. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring