Shimoliy Koreyada xorij seriallarini tomosha qilganlar o‘limga hukm qilinadi

Shimoliy Koreyada xorijiy teleshoular, jumladan, Janubiy Koreya doramalari (seriallari)ni tarqatgan fuqarolar qatl etiladi, deb xabar berdi The Guardian.
Nashr BMTning inson huquqlari bo‘yicha hisobotiga asoslanib yozishicha, KXDRda 2014-yildan buyon yangi texnologiyalar vositasida aholini kuzatish ko‘lami kengayib, jazo choralari og‘irlashdi. Mamlakatda xorijiy seriallarni namoyish etganlik uchun o‘lim jazosi joriy etildi. Bir necha kishiga hukm o‘qilgan.
BMTning inson huquqlari bo‘yicha Shimoliy Koreyadagi vakolatxonasi rahbari Jeyms Xinanning aytishicha, mamlakatda COVID-19 pandemiyasidan keyin oddiy va siyosiy jinoyatlar uchun qatl etishlar soni oshgan.
Shu bilan birga, qamoqda saqlash joylarida qo‘riqchilar tomonidan zo‘ravonlik kamaydi. Bundan tashqari, KXDRda yangi qonunlar qabul qilinib, odil sudlovni kafolatlashi kutilmoqda.
Biroq BMTni mamlakatdagi bolalar ahvoli ko‘proq tashvishga solmoqda. Shimoliy koreyalik voyaga yetmaganlar ko‘mir qazib olish va qurilish kabi xavfli ishlab chiqarishlarda, jumladan, «zarbdor brigadalar»da majburlab ishlatilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter