Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shimoliy Makedoniyada prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tmoqda

Shimoliy Makedoniyada prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tmoqda

Foto: «Ukrinform»

Bugun, 21-aprel kuni Shimoliy Makedoniyada mamlakat prezidentligi uchun saylovlar o‘tkazilmoqda. Bu 1991-yili davlat mustaqilligi qo‘lga kiritilganidan buyon oltinchi, mamlakat nomi o‘zgarganidan keyin birinchi marotaba o‘tkazilayotgan prezidentlik saylovlaridir.

Prezidentlikka nomzodlarning barchasi universitet professorlari — amaldagi yetakchi partiyadan Stevo Pendarovski, milliy muxolifat partiyasidan Gordana Silyanovskaya-Davkova hamda ikki etnik alban partiyasidan nomzod — Blerim Reka.

Agarda birinchi turda g‘olib aniqlanmasa, saylovning ikkinchi turi 5 mayda bo‘lib o‘tadi.

So‘nggi so‘rovlarga ko‘ra, saylovchilarning 27 foizi Pendarovskini, 23 foizi Silyanovskaya-Davkovani, 11 foizi Blerim Rekani qo‘llashi kutilmoqda.

Saylov uchastkalari ertalab soat 7:00 da ochilgan bo‘lib, kechki soat 19:00 gacha ishlaydi. Saylovlar 3 100 nafar mahalliy, 420 nafar xorijiy kuzatuvchi nazorati ostida o‘tmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring