Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

SI yordamida shaxsiy ma’lumotlarni buzib ko‘rsatganlik uchun javobgarlik belgilandi

SI yordamida shaxsiy ma’lumotlarni buzib ko‘rsatganlik uchun javobgarlik belgilandi

Joriy yil 21-yanvar kuni qabul qilingan O‘RQ–1115-son qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Qonun bilan, jumladan, «Axborotlashtirish to‘g‘risida»gi qonunga quyidagilarga qaratilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi:

  • sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanishning umumiy asoslarini belgilash;
  • ushbu sohadagi vakolatli davlat organining vakolatlarini aniqlashtirish.

Unga ko‘ra, sun’iy intellekt – insonning bilim va ko‘nikmalariga taqlid qilish, mustaqil o‘rganish, yechimlarni izlash va aniq vazifalarni bajarishda inson aqliy faoliyati natijalari bilan taqqoslanadigan natijalarni olish imkonini beruvchi texnologik yechimlar majmui.

Insonning huquqi va erkinligiga aloqador bo‘lgan yuridik ahamiyatga ega qarorlarni qabul qilishda faqat sun’iy intellektdan foydalanib yaratilgan texnologiyalar asosida ishlaydigan axborot tizimlari xulosalariga tayanish mumkin emas.

Shuningdek, sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalangan holda shaxsga doir ma’lumotlarga qonunga xilof ravishda ishlov berish, ularni OAVlar, telekommunikatsiya tarmoqlari yoki Internet jahon axborot tarmog‘ida tarqatish ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etish qurollarini musodara qilib, BHMning 50 baravaridan 100 baravarigacha (41 mln 200 ming so‘mgacha) jarima solishga sabab bo‘lishi belgilandi.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Manba: t.me

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring