Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Smartfon kuzatilayotganini qanday bilish mumkin?

Smartfon kuzatilayotganini qanday bilish mumkin?

Foto: Anti-Malware.ru

Smartfon va noutbuk singari elektron qurilmalarning kamerasi va mikrofoniga ruxsatsiz kirishni ularning ishlashidagi o‘zgarishlarga qarab aniqlash mumkin, deb yozmoqda «Praym» agentligi.

Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti informatika kafedrasi dotsenti Aleksandr Timofeyevning aytishicha, muammo ko‘pincha ushbu funksiyalar umuman kerak bo‘lmagan ilovalarga mikrofon va kameradan foydalanishga ruxsat berishdan kelib chiqadi. Josus yoki zararli dasturlar ko‘pincha smartfonlarning ishlashini o‘zgartiradi.

«Kuzatuvchi yoki virusli dasturiy ta’minot mavjudligining eng ehtimoliy belgisi — smartfondagi funksiyalar, umuman, telefonning o‘zi sekin ishlashidir», — dedi Timofeyev.

Smartfon hech qanday sababsiz qotib ishlasa yoki kamerasi indikatori o‘z-o‘zidan yonib-o‘chsa katta ehtimol bilan u kuzatilayotgan bo‘ladi.

Xususan, iPhoneda kamera faollashganini yashil indikator, mikrofonni esa to‘q sariq indikator ko‘rsatadi. Tizimning o‘rnatilgan vositalari yordamida ushbu komponentlarga ulanishlar tarixini tekshirish mumkin. Ruxsatsiz kirish aniqlansa, smartfonni zavod sozlamalariga qaytarish kerak — albatta, buni ehtiyotlik bilan qilgan yaxshi, chunki muhim ma’lumotlar o‘chib ketishi mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring