Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Superliganing 10-tur o‘yinlariga salkam 90 ming tomoshabin keldi

Superliganing 10-tur o‘yinlariga salkam 90 ming tomoshabin keldi

Foto: O‘FA rasmiy sayti

Superliganing 10-turida stadionlarga tashrif buyurish bo‘yicha rekord natija kuzatildi. Bu haqda O‘FA rasmiy saytida xabar berilgan.

Bungacha rekord, Superliganing 3-turiga tegishli edi va unda jami 85 209 nafar tomoshabin kelgan edi. Superliganing 10-turida esa, bu ko‘rsatkich 88 564 nafar muxlisni tashkil etdi va bu mavsum rekordi hisoblanadi.

Ta’kidlash lozim, chempionatning 10-turiga kelib stadionlarda uchrashuvlarni tomosha qilish uchun tashrif buyurgan muxlislar soni jami 651 453 nafarni tashkil etdi va bu avvalgi mavsum bilan solishtirganda deyarli 2.5 barobar ko‘proq natija hisoblanadi. Avvalgi mavsum Oliy Ligada 12ta emas, balki 14ta klub ishtirok etgani va uchrashuvlar soni ko‘proq bo‘lganini hisobga olsak, bu ancha ijobiy natijadir.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring