Tailand va Kambodja Tramp ishtirokida tinchlik bitimini imzoladi
Tailand va Kambodja bosh vazirlari Anuthin Chanvirakun va Khun Manet AQSh prezidenti Donald Tramp ishtirokida tinchlik shartnomasini imzoladilar, deb xabar berdi Thmey Thmey nashri.
Tinchlik bitimining imzolanishi Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida bo‘lib o‘tgan Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari assotsiatsiyasi (ASEAN) sammiti davomida bo‘lib o‘tdi.
Tinchlik bitimi doirasida Donald Tramp 18 ta kambodjalik harbiy asir ozod qilinishini e’lon qildi. "Tinchlikning barqaror bo‘lishini ta’minlash uchun Malayziya kabi Osiyo mamlakatlaridan kuzatuvchilar joylashtiriladi", dedi AQSh prezidenti.
Tailand va Kambodja o‘rtasidagi chegara mojarosi 2025-yilning may oyi oxirida avj olgandi. Iyul oyida janglar kuchaydi, ikkala tomon ham artilleriya va havo hujumlaridan foydalandi, natijada tinch aholi qurbon bo‘ldi. Oy oxiriga kelib, mamlakatlar AQSh, Xitoy va Malayziya vositachiligida sulh tuzishga kelishib oldilar.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter