Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Talabalar uchun qishki ta’til muddati ma’lum bo‘ldi

Talabalar uchun qishki ta’til muddati ma’lum bo‘ldi

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekistonda bu yil talabalar qaysi sanadan qishki ta’tilga chiqishi ma’lum qilindi.

Talabalar odatdagidek 28-dekabrdan qishki ta’tilga ketishadi va u 10-yanvarga qadar davom etadi. 27-dekabr oxirgi o‘qish kuni, 11-yanvar kuni esa ta’lim muassasalarida darslar boshlanadi.

Bu haqda «Taraqqiyot strategiyasi» markazida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi rahbarlari ishtirokida o‘tkazilayotgan matbuot anjumanida vazirlik bosh boshqarmasi boshlig‘i Abduvali Xoliqov ma’lum qildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring