Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Tanzila Norboyeva yangi parlament Senati raisi lavozimida qolmaydimi?

Tanzila Norboyeva yangi parlament Senati raisi lavozimida qolmaydimi?

Foto: «Xabar.uz»

Joriy yil 24-dekabr kuni Oliy Majlis Senati Kengashining majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda qator masalalar yuzasidan so‘z yuritildi.

Senat raisi Tanzila Norboyeva majlisda umumiy ovqatlanish korxonalari va ta’lim tizimida aholining sanitariya-epidemiologik holat borasida o‘z fikrlarini bildirib, kerak bo‘lsa yangi parlament a’zolariga ham tavsiya qilib ketishini ta’kidladi.

– Senat bu dolzarb mavzuni e’tibordan chetda qoldirmaydi. Shunchaki, Vazirlar Mahkamasiga parlament so‘rovi yuborib qo‘yish bilan ish bitmaydi. Yaqinda vakolatimiz tugaydi. Lekin yangi saylangan deputat, senatorlarga ham kerak bo‘lsa, yozma ravishda ushbu mavzuni e’tibordan chetda qoldirmasliklarini tavsiya qilib ketamiz. Zero, bunda farzandlarimiz salomatligi ko‘ndalang turibdi, – deydi T.Norboyeva.

Senatning amaldagi raisi shu kabi gaplar, ayniqsa, vakolati tugashi, yangi senatorlar kelishini bir necha marotaba takrorladi.

Qiziq, Tanzila Norboyeva parlamentning navbatdagi chaqirig‘ida Senat raisi lavozimida qoladimi yoki yo‘q?

2019-yil 21-iyun kuni prezident Shavkat Mirziyoyev tavsiyasiga binoan parlament yuqori palatasi raisi lavozimiga ilk bor rahbar ayol, Tanzila Norboyeva saylangan edi. Xo‘sh, yangi rahbar senatda qanday o‘zgarishlar qilishga muvaffaq bo‘ldi? Albatta, bu savolga darhol javob berish biroz mushkul. Boisi, hali oldinda qilinadigan vazifalar ko‘p. Lekin o‘tgan qisqa vaqt mobaynida T.Norboyeva rahbarligida ko‘plab ishlar amalga oshirildi. Bunga keng jamoatchilik e’tibor qaratib, e’tirof etmoqda ham.

Xo‘sh, T.Norboyeva senatda qanday o‘zgarishlar qila oldi?

  1. Avvalo, fuqarolar murojaati bilan ishlash tizimining yangi mexanizmi yo‘lga qo‘yildi. 
  2. Xalq bilan bevosita muloqot qilish orqali hududlardagi real holat o‘rganildi.
  3. Oliy Majlis Senatining virtual qabulxonasi orqali murojaatlar qabul qilish jonlandi.
  4. Senat raisining «facebook.com»dagi rasmiy sahifasida ham murojaatlar qabul qilindi.
  5. Senat raisining hududlarda sayyor qabullari tashkil etildi. T.Norboyeva Jizzax, Navoiy, Surxondaryo, Qashqadaryo va Samarqand viloyatlarida aholi bilan uchrashib, ularning muammolari joyida hal qilindi;
  6. Senatda doimiy asosda ishlovchi senatorlar murojaatlarni joyiga chiqib o‘rganishi amaliyoti joriy etildi;
  7. Hududlardagi senatorlarning fuqarolar murojaati bilan ishlash, qabullar o‘tkazishi muntazam amalga oshirildi.
  8. Eng muhimi, qonunlarning hududlar manfaatlariga mosligi o‘rganish tizimi yaratildi;
  9. Joylardagi dolzarb muammolarni ko‘tarib chiqib, hukumatga Parlament so‘rovlari yuborish jonlandi;
  10. Xalqaro hamkorlik yanada kengaydi;
  11. Senatning jurnalistlar bilan ishlash mexanizmi yangi bosqichga ko‘tarildi. OAV, blogerlar bilan hamkorlik o‘rnatildi. T.Norboyeva tanqid qilganlarni to‘g‘ri qabul qildi. Har bir dolzarb mavzuga tezkor munosabat bildirildi.
  12. Senatning yalpi majlislari, qo‘mitalar majlislari jonli efirda translyasiya qilinib, xalqqa ochiq-oshkora ko‘rsatildi.

Shaxsan men navbatdagi Senat raisi kim bo‘lishidan qat’i nazar bunday faoliyat izchil davom etib, yanada jonlanishini istar edim. Siz-chi?

Jonibek Ma’rupov, jurnalist

 

Izohlar 1

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring