Tbilisida namoyishchilar prezident qarorgohiga bostirib kirdi

Tbilisida bir necha muxolifat vakillari bo‘lgan namoyishchilari Gruziya prezidenti Mixail Kavelashvilining qarorgohi devorini buzib, hovlisiga kirishdi. Bu haqda TV Pirveli xabar berdi.
Namoyishchilar va qarorgohda qo‘riqchilar o‘rtasida to‘qnashuvlar uzoq davom etdi. Namoyishchilar pirotexnika vositalaridan foydalanib, politsiyaga tosh otishgan. Voqea joyiga maxsus kuchlar yetib keldi. Huquq-tartibot idoralari xodimlari qalampir gazi va suv purkagichlardan foydalanishni boshladi, deb xabar beradi.
Gruziya Ichki ishlar vazirligi norozilik namoyishi noqonuniy bo‘lib qolganini ma’lum qildi.
Gruziyada 4-oktyabr kuni mahalliy saylovlar bo‘lib o‘tdi. Ovoz berish 20:00 (Toshkent vaqti bilan 21:00) da tugagan. Gruziya bosh vaziri Irakliy Kobaxidze mamlakat bo‘ylab barcha munitsipalitetlarda o‘tkazilgan saylovlarda hukmron “Gruziya orzusi-Demokratik Gruziya” partiyasi nomzodlari 70 foizdan ortiq ovoz bilan g‘alaba qozonganini ma’lum qildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter