Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Tesla» xodimlarining 9 foizini ishdan bo‘shatadi

«Tesla» xodimlarining 9 foizini ishdan bo‘shatadi

Foto: «KOLESA»

«Tesla» kompaniyasining asoschisi Elon Mask yaqin orada elektrokar ishlab chiqarish borasidagi xodimlarining aksariyatini ishdan bo‘shatadi. Bunda ishdan ketadiganlarning asosiy qismini kompaniya boshqaruvidagi xodimlar tashkil etadi, deb xabar berdi «NV.ua».

«Biz xarajatlarni qisqartirish va foyda keltirish yo‘lida og‘ir qarorni qabul qilishga majbur bo‘ldik. Taxminan barcha xodimlarimizning 9 foizini ishdan bo‘shatamiz», — deydi Mask.

Ishchilarni qisqartirish ishlab chiqarish borasidagi xodimlarga taalluqli emas. 9 foiz xodim ishdan bo‘shatilgach, taxminan 37 ming nafar ishchi qoladi.

Avvalroq, «Tesla» asoschisi Elon Mask «Tesla Model 3» versiyasini 35 ming dollardan ishlab chiqarish orqali kompaniya bankrot bo‘lishi mumkinligi haqida ma’lum qilgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring