Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Testlar haqida savolim bor

Testlar haqida savolim bor

«Choy, choy... Namuncha choy ichishadi bular», — deydi bo‘lg‘usi kelin «Suyunchi» kinofilmida. Shunga o‘xshab men ham aniq javob olish uchun  yana savol bilan murojaat qilishga jazm qildim.

Shu yilning aprel oyida «Ikkita savolim bor» sarlavhasi ostida «Xabar.uz»da e’lon qilingan maqolamda 2019-2020-o‘quv yili uchun testlar qanday tartibda tuzilishini so‘ragan edim. Savolimga pedagogika fanlari doktori, professor Begzod Jumayev: «11-sinf hamda o‘rta-maxsus, kasb-hunar kollejlarining 3-kurs bitiruvchilari tomonidan o‘zlashtiriladigan  dasturlar qiyosiy tahlil qilinib, umumiy va yagona kodifikator aniqlashtirib olinadi», — deb javob bergan edi.

Yaqinda DTMning veb-saytida shu haqdagi yangilik e’lon qilindi. Lekin testlarning   ham 10-11 sinf, ham o‘rta-maxsus, kasb hunar kollejlarining umumiy mavzulari asosida tuzilishi yoki ikki xil, ya’ni maktab bitiruvchilari uchun alohida, kollej, litsey uchun alohida bo‘lishi to‘g‘risida aniq gap aytilmagan.

O‘quv yilining uch oyi ortda qoldi. DTM xodimlariga telefon orqali murojaat qilib: «Axborotnoma»ning maxsus soni qachon e’lon qilinadi», — deb so‘rasam, dekabrda deb javob qilishdi.

Ba’zi narsalarga hayronman:

  1. Nega «Axborotnoma»ning maxsus yangi soni sentyabr oyidan boshlab nashr qilinmaydi? 
  2. Nega mutasaddilarni bu yil soni milliondan oshadigan abituriyentlar taqdiri qiziqtirmaydi?
  3. Bu yilgi oliy ta’limning bakalavriat yo‘nalishlariga fanlar bo‘yicha o‘tkaziladigan kirish imtihon testlari bir xil bo‘ladimi yoki ikki xil?

Savollarimga mutassadilar aniq javob berishlarini kutib qolaman.

Murodjon Xo‘janiyozov, matematika o‘qituvchisi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi To‘rtko‘l tumani

Izohlar 1

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring