«Tilimiz — qotilimizmi? Psixosomatika haqida achchiq haqiqat!
Siz kuniga necha marta «boshimni og‘ritma» yoki «jonimga tegdi» degan gaplarni aytasiz? Siz shunchaki his-tuyg‘ularingizni ifodalayapman deb o‘ylaysiz, lekin aslida o‘z tanangizga kasal bo‘lish uchun rasman buyruq berayotgan bo‘lasiz!
Nemis psixoterapevti, asli eronlik olim Nusrat Pezeshkiyon tibbiyotda inqilob qilib, inson o‘z nutqi orqali a’zolarini zararlashini isbotladi.
Zamonaviy psixoneyroimmunologiya (miya, asab tizimi va immunologiyani o‘rganuvchi fan) sohasi Pezeshkianning nazariyasini to‘liq tasdiqladi.
Siz biror salbiy iborani aytganingizda, miya buni xavf yoki vazifa sifatida qabul qiladi hamda darhol stress gormoni — kortizol va adrenalin ishlab chiqarishni boshlaydi.
Bu gormonlar qon tomirlarini toraytiradi, ma’lum bir a’zoga qon va kislorod borishini kamaytiradi. Natijada, o‘sha a’zo surunkali ravishda yemirilib boradi.
Tilimiz tanamizga qanday zarba beradi?
Keling, kundalik hayotda ishlatadigan oddiy iboralarimiz organizmimizda qanday asorat qoldirishini yozma ravishda tahlil qilamiz:
- «Hamma narsa meni zimmamda» deb ko‘p takrorlaydigan insonlarning organizmi umurtqa pog‘onasini ortiqcha zo‘riqtirish kerak deb hisoblaydi. Oqibatda bu surunkali osteoxondroz va umurtqa churrasi (grija) kasalliklarini kvltirib chiqaradi.
- «Hammasi jonimga tegdi, siqilib ketdim» deyish — hayotdan voz kechish bilan barobar. Bunda miya hujayralarning yangilanishini to‘xtatadi va natijada turli xavfli o‘simtalar (onkologiya) rivojlana boshlaydi.
- «Yuragimga qattiq oldim yoki yuragimni qon qildi» iborasi esa tomirlarning kuchli spazmiga va yurak urishining buzilishiga sabab bo‘ladi. Natijada inson o‘zi bilmagan holda infarkt va stenokardiyani chaqirib oladi.
- «Bu muammo menga bosh og‘rig‘i bo‘ldi» deyish miya qon tomirlarining surunkali siqilishini faollashtiradi. Bu esa oddiy og‘riq emas, balki davolanishi qiyin bo‘lgan migren va surunkali bosh og‘riqlari shaklida namoyon bo‘ladi.
- «Qonimni ichdi yoki qonimni qaynatdi» deb asabiylashish qon tarkibi va uning suyuqligini buzib yuboradi. Oqibatda anemiya va qon bilan bog‘liq jiddiy kasalliklar kelib chiqadi.
- «Sabr kosam to‘ldi yoki portlab ketay deyapman» deyish ichki bosimni maksimal darajaga oshiradi. Tana bu portlashni qon bosimini oshirish orqali amalga oshiradi, ya’ni gipertoniya kasalligi rivojlanadi.
- «Eshitgim yo‘q yoki o‘chir ovozingni!» degan iboralarni ko‘p ishlatuvchilarda tashqi dunyodan himoyalanish instinkti ishga tushadi. Natijada odamda quloq og‘irligi va garanglik yuzaga keladi.
- Asabimni buzma deb ko‘p aytadiganlarda asab tolalari tez charchaydi. Buning oxiri surunkali depressiya, vahima (panika) va nevrozga taqaladi.
- «Hayotimda quvonch yo‘q yoki hayot achchiq» deb nolish ichki energiyani hazm qila olmaslikka sabab bo‘ladi. Oqibatda jigar, o‘t qopi kasalliklari va semizlik yuzaga keladi.
- «Ichimdan zil ketdim yoki buni hazm qilolmayapman» deyish oshqozonda ortiqcha kislota ajralishini tezlashtiradi va tana o‘z-o‘zini yeyishni boshlaydi. Bu esa oshqozon yarasi (yazva) va gastritning asl sababchilaridan biridir.
- «O‘lgudek charchadim yoki holdan toydim» deyish hayotiy energiyani butunlay so‘ndiradi. Bunda quvvat pastki tizimlarga urilib, urologik va ginekologik xastaliklarni keltirib chiqaradi. Mashhur olimlar bu haqda nima deydi?
Doktor Emoto Masaru:
Inson tanasi 70 foiz suvdan iborat. Suv esa so‘zlardagi tebranishlarni yozib oladi. Agar siz tanangizga «seni yomon ko‘raman, charchadim» desangiz, ichingizdagi suv molekulalari zaharga aylanadi.
Psixosomatika asoschisi Luiza Xey:
«Kasallik — bu tananing bizga aytgan gapi. Agar biz fikrimizni va tilimizni o‘zgartirmasak, eng qimmat dori ham vaqtinchalik ta’sir qiladi».
Qanday qilib organik nutqni davolovchi kuchga aylantirish mumkin?
Eng qizig‘i, bu tizim teskari yo‘nalishda ham bexato ishlaydi! Agar siz nutqingizni ijobiy so‘zlarga o‘zgartirsangiz, tana tiklanishni boshlaydi. Masalan:
- «Charchadim» o‘rniga — «dam olishni va kuchga to‘lishni istayman»;
- «Boshim og‘riyapti», o‘rniga – «bu vaziyat meni yanada donoroq qiladi»;
- «Jonimga tegdi» o‘rniga — «men hayotni bor go‘zalligi bilan qabul qilaman» deb ayting.
Tilimiz — tanamizning boshqaruv pulti. Ertalabdan o‘zingizga qanday buyruq bersangiz, tana a’zolaringiz shunga qarab xizmat qiladi. O‘zingizni sog‘lom, baxtli va kuchli so‘zlar bilan davolang!
Maqolani yaqinlaringizga ham ulashing. Kim ichida qaysi so‘zni ko‘p ishlatayotgan bo‘lsa, o‘z sog‘lig‘iga e’tibor qaratsin.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter