Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tojikiston prezidenti o‘zining kliplarda madh etilishidan norozi

Tojikiston prezidenti o‘zining kliplarda madh etilishidan norozi

Foto:«Asia Plus»

Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon 20-fevral kuni mamlakat OAV vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda «Asia Plus» xabar berdi.

Emomali Rahmon jurnalistlarga teleradiodasturlar mamlakat manfaatlarini hisobga olib, tojik adabiy tili qoidalariga amal qilingan holda tayyorlashni ta’kidlagan.

Foto:«Asia Plus»

Shuningdek, davlat rahbari Tojikiston radioeshittirishlar va televideniye qo‘mitasi rahbariyatiga prezident suratlari aks etgan va uni madh etuvchi musiqaviy kliplar o‘rniga mamlakat yutuqlari, betakror tabiati va oddiy odamlar mehnatini kuylovchi qo‘shiqlarni berishni buyurgan.

Rahmonning fikricha, hozirda TV va radiokanallarda tomoshabinlar orziqib kutadigan dasturlar deyarli yo‘q.

Foto:«Asia Plus»

Prezident mamlakat teleradio qo‘mitasiga mamlakatdan tashqarida ishlayotgan tojik mehnat migrantlari uchun maxsus dasturlar joylashtiriladigan alohida internet saytlari tashkil etishni taklif etgan.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring