Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Tokio Olimpiadasida o‘zbek milliy san’ati namoyish etilishi mumkin

Tokio Olimpiadasida o‘zbek milliy san’ati namoyish etilishi mumkin

Foto: Madaniyat vazirligi

Madaniyat vaziri Yaponiyaning Parlament vakillari, Palata deputatlari Shinichi Isa va Xirose Takase bilan rasman uchrashdi. Suhbat davomida deputatlar bilan 2020 yil Tokio shahrida bo‘lib o‘tadigan Olimpiya o‘yinlarida o‘zbek milliy san’atini namoyish etish va madaniy tadbirlar tashkil etish borasida fikr almashildi.

Madaniyat vaziri delegatsiya bilan Yaponiyadagi tashrifi davomida Tokio milliy muzeyi va «Kabuki» teatriga borishdi. Muzeyda O‘zbekistonga tegishli eksponatlar ham saqlanmoqda.

Tokio milliy muzeyi Uyeno shahar parkining ichida joylashgan bo‘lib, maydoni 100 ming m2 teng, u juda qadimiydir va Yaponiyada eng katta muzey hisoblanadi. Unda beshta bino mujassam bo‘lgan, ya’ni Asosiy, Sharqiy, Marosim, Xeysey va Xoryudji ibodatxonalarining xazinasi zallaridan iborat.

Muzey direktori o‘rinbosari bilan muzeylar faoliyatini o‘rganish, eksponatlar saqlovini ta’minlash, tajriba almashish va ekspozitsiyalar o‘tkazish kabi masalalarni muhokama qilindi. Delegatsiya «Kabuki» teatrining jamoasi va teatr faoliyati bilan tanishdi va spektakl tomosha qilishdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring