Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Tolibon» IShIDning muhim shaxslaridan birini yo‘q qildi

«Tolibon» IShIDning muhim shaxslaridan birini yo‘q qildi

«Tolibon» vakillari Kobul xalqaro aeroportida terak uyushtirgan «Islomiy davlat» (IShID) guruhining muhim shaxslaridan birini yo‘q qildi. Bu haqda Reutres xabar bermoqda.

Agentlikka izoh bergan Oq uyning strategik aloqalar bo‘yicha koordinatori Jon Kirbining so‘zlariga ko‘ra, yo‘q qilingan inson IShIDning asosiy shaxsi bo‘lib, u hujumlarni rejalashtirishda bevosita ishtirok etgan.

Ma’lumot uchun, 2021-yilning 26-avgust kuni Kobulda qator teraktlar sodir etilgan edi. Hamid Karzay nomidagi xalqaro aeroport yaqinida sodir bo‘lgan ikki portlash oqibatida 200 kishi halok bo‘lib, mingga yaqin kishi jarohatlangan edi. Bu portlashlarni «Islomiy davlat» guruhi o‘z zimmasiga olgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring