Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkent IIBB besoqolbozlik bilan bog‘liq qotillik haqida ma’lumot berdi

Toshkent IIBB besoqolbozlik bilan bog‘liq qotillik haqida ma’lumot berdi

Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi 25 yoshli fuqaro Sh.X. o‘limi bo‘yicha rasmiy ma’lumot berdi. Norasmiy xabarlarga ko‘ra, ushbu qotillik besoqolbozlik bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

IIBB xabariga ko‘ra, qotil O.Yu. ushlangan va aybini tan olgan. U Olmazor tumanida yashovchi 28 yoshli fuqaroligi aytilgan.

Uning ko‘rsatmalariga ko‘ra, ikkovi «Vkontakte» tarmog‘i orqali tanishishgan, keyinroq, 11 sentyabrda esa O.Yu. Yunusobod tumanidagi Sh.X.ning ijara xonadoniga mehmonga borgan. O‘sha paytda ikkalasi janjallashgan, sababi noma’lum. Natijada O.Yu. pichoq bilan Sh.X. bir necha joyiga zarba bergan.

Ertasi kuni qo‘shni xonadon egasi eshikda qon dog‘larini ko‘rgan va uy egasiga telefon qilgan. Uy egasi ichkarida murdani ko‘rgach, 102ga qo‘ng‘iroq qilgan.

IIBB xabariga ko‘ra, ko‘rik paytida xonadonda yaqinda bo‘lib o‘tgan intim munosabatlarni isbotlovchi dalillar aniqlangan. Jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Gumondor, xabarda aytilishicha, «ogoh taksichi» yordamida topilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring