Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda navbatdagi mudhish YTH

Toshkentda navbatdagi mudhish YTH

Foto: «GUVD.uz»

Bugun, 4 mart kuni tungi soat 00:15larda Toshkent shahar Yunusobod tumani Sharof Rashidov ko‘chasidagi «Transtexbutlash» MChJ qarama-qarshisida haydovchi «Neksiya» rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotib, boshqa bir «Kobalt» rusumli avtomashina bilan to‘qnashuv sodir etgan.

Toshkent shahar IIBBning xabariga ko‘ra, mazkur yo‘l-transport hodisasi oqibatida yuqorida ko‘rsatilgan ikkala transport vositasining haydovchilari hamda «Kobalt» avtomashinasi yo‘lovchisi turli tan jarohatlari olib, tibbiy muassasalarga joylashtirilganlar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring