Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda saharlik taomi muhtojlar uchun bepul tarqatilmoqda

Toshkentda saharlik taomi muhtojlar uchun bepul tarqatilmoqda

Foto: «Azon.uz»

Toshkent shahrida bir guruh sahovatli insonlar ehtiyoji bor insonlar uchun saharlik taomini (osh, yetkazib berish ham) bepul tarqatmoqdalar.

«Azon.uz»ga ma’lum qilinishicha, saharlik taomi quyidagi kishilarga bepul tarqatiladi:

– Nogiron;

– Bemor;

– Musofir;

– Talaba va saharlikka taom tayyorlashga imkoniyati bo‘lmay qolgan kishilarga.

Aytilishicha, bu xizmat hozircha Olmazor va Shayxontohur tumanlari ichida amal qiladi. Maqsad – shaharning barcha tumanlarida shu xizmatni tashkil qilish. Homiylik va hamkorlik taklifi bo‘lsa, qabul qilinadi.

Murojaat uchun telefon: +998 98 307 54 97 (Abduvohid).

Shuningdek yana bir saxovatli inson Abduqodir Nabiyev ham shu xizmatni qilish istagida. Murojaat uchun telefon: +998 97 750 15 25.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring