Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda ota va bola yashirin “dorixona biznesi”ni boshqargani aniqlandi

Toshkentda ota va bola yashirin “dorixona biznesi”ni boshqargani aniqlandi

Davlat xavfsizlik xizmati va Bojxona organlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda sifat sertifikatiga ega bo‘lmagan dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanuvchi shaxslar faoliyati to‘xtatildi.

Toshkentda yashovchi 1969 va 1997 yilda tug‘ilgan ota-bola yashirin ombor tashkil qilgan va u yerda dori vositalari saqlab, dorixonalarga tarqatgan.

Tadbirda 87 turdagi, jami 133 374 dona dori vositalari aniqlandi (asosan Turkiya va Hindiston ishlab chiqargan “Dyuspatalin”, “Novomiks”, “Galvus MET”), umumiy qiymati 3 mlrd so‘mdan ortiq. Shuningdek, 50 ming AQSh dollari, 10,6 mln so‘m va 150 ta bank kartasi ham topildi.

Hozirda dori vositalari namunasi ekspertizadan o‘tkazish uchun Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markaziga yuborilgan va tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring