Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Urugvay-Rossiya o‘yinida o‘zbekistonlik mutaxassis komissarlik qiladi

Urugvay-Rossiya o‘yinida o‘zbekistonlik mutaxassis komissarlik qiladi

Foto: O‘FA

FIFA JCh-2018da ishlashga O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasidan taklif qilgan Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Olim Arifov «A» guruhi o‘yinlarining so‘nggi turidan o‘rin olgan Urugvay – Rossiya o‘yini ham ishonib topshirildi. Bu haqda O‘FA rasmiy sayti xabar bermoqda.

Qayd etish kerakki, shu paytga qadar nafaqat O‘zbekistondan, balki Markaziy Osiyodan birorta mutaxassis JChda komissar sifatida ishlamagan. Olim Arifov bu borada birinchi bo‘ldi.

Urugvay – Rossiya uchrashuvi 25-iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 19:00da boshlanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring