Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nyu-Yorkda 11 yoshli o‘zbekistonlik qizcha maktab avtobusi ostida qolib halok bo‘ldi

Nyu-Yorkda 11 yoshli o‘zbekistonlik qizcha maktab avtobusi ostida qolib halok bo‘ldi

Foto: CBS

Bruklinning Bat-Bich tumanida 11 yoshli qiz maktab avtobusi urib yuborishi natijasida halok bo‘ldi.

O‘zbekiston Respublikasining Nyu-York shahridagi bosh konsulxonasi ma’lumotlariga ko‘ra, halok bo‘lgan qiz — o‘zbekistonliklar oilada tug‘ilgan Amira Aminovadir.

CBS telekanali xabar berishicha, fojia 5 fevral kuni soat taxminan 15:00da, bolalar maktabdan chiqayotgan paytda sodir bo‘lgan. Qizcha yo‘lni piyodalar o‘tish joydan kesib o‘tayotganida avtobus o‘ng tomonga burilayotib, uni urib yuborgan.

Qiz shoshilinch tarzda kasalxonasiga olib ketilgan, lekin hayotini saqlab qolish imkoni bo‘lmagan.

Avtobus haydovchisi voqea joyidan qochib ketgan, ammo ko‘p o‘tmay politsiya tomonidan ushlangan.

Bosh konsulxona bolaning onasi bilan doimiy aloqada bo‘lib, to‘liq hajmda zarur yordam ko‘rsatishga tayyor hamda Nyu-York shahridagi tegishli vakolatli idoralar bilan hamkorlik qilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring