Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Vaqf qilingan kitoblar Samarqand viloyatidagi masjidlarga yetkazildi

Vaqf qilingan kitoblar Samarqand viloyatidagi masjidlarga yetkazildi

Shu yilning 13-14 avgust kunlari «Masjid va madrasalar uchun kitob aksiyasi» doirasida Samarqand viloyatining Payariq va Pastdarg‘om tumanlaridagi 36 ta masjidga jami hisobda 40 mln so‘mlik 1260 ta kitob yetkazib berildi. Bu haqda «Vaqf» xayriya jamoat fondi rasmiy sayti xabar berdi.

Aytilishicha, masjidlarning har biriga «Qur’oni karim», shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining qalamlariga mansub, «Odoblar xazinasi» to‘plami, «Islom tarixi» to‘plami, «Hadis va hayot» kitobidan 7 ta juz, «Muhammad sollallohu alayhi vasallamga sodiq Muhammad sodiq», «Zikr ahlidan so‘rang» kitobining 7-qismi, «Oltin silsila» 4, 6-juzi, «Iymon«, «Ochiq xat» kitoblari, shu bilan birgalikda masjid ahli uchun kerakli deb hisoblangan «O‘kinma», «Yengil amallar», «Hanafiy fiqhidan savol-javoblar», «Dunyo va din odobi», «Til ofatlari», «Umrning bir lahzasi», «Baxtli hayot sari», «G‘iybat o‘zi nima?», «Muallimi soniy», «Men ham namoz o‘qiyman», kabi kitoblar Alloh yo‘lida vaqf mulki qilib berilgan.

Xayriya yo‘li bilan to‘plangan mablag‘lar evaziga viloyatlardagi masjidlarga kitoblar olinadi va Alloh yo‘lida vaqf qilinadi. Hozirgi kungacha 169 ta masjid ulamolar tomonidan yozilgan eng sara asarlar bilan ta’minlandi.

Ushbu aksiyani qo‘llab-quvvatlamoqchi bo‘lganlar fondning rasmiy saytidan batafsil ma’lumot olishi mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring