Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Vladimir Putin to‘rtinchi bor prezidentlikka kirishdi

Vladimir Putin to‘rtinchi bor prezidentlikka kirishdi

Foto:«The Christian Science Monitor»

Rossiya xalqi prezident Vladimir Putinga shu yil mart oyida bo‘lib o‘tgan saylovda yana bir bor ishonch bildirgan edi.

Bugun Vladimir Putin to‘rtinchi marta prezidentlikka kirishish marosimida ishtirok etib, xalqiga chuqur minnatdorlik bildirdi. Bu haqda «Gazeta.ru» xabar bermoqda.

Putin 18 yildan beri bosh vazir va prezident sifatida hukumat tepasida faoliyat yuritib kelayapti. Muxoliflar uni Rossiya imperiyasi davridagidek hukumatni boshqarayapti deya tanqid qilib kelmoqda.

Rossiya yetakchisi bugungi inauguratsiya marosimidan keyin 6 yil mobaynida davlatni boshqaradi. U to‘rtinchi mavsumni prezident sifatida yakunlasa, davlatni chorak asr boshqargan bo‘ladi.

Bugungi inauguratsiya marosimida Vladimir Putin Rossiya xalqiga saylovda ishonch bildirgani uchun chuqur minnatdorlik bildirdi. Bu ishonchni Putin «ulkan siyosiy kapital» deb nomladi va rossiyalikning turmushini yanada yaxshilash, davlatni rivojlantirishga va’da berdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring