Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Vyacheslav Pak: «Ish beruvchiga halol ishlash va to‘liq soliq to‘lash foydasiz bo‘lmasligi kerak»

Vyacheslav Pak: «Ish beruvchiga halol ishlash va to‘liq soliq to‘lash foydasiz bo‘lmasligi kerak»

Vyacheslav Pak, moliya vaziri o‘rinbosari.

Foto: «XPK»

Bugun, 29-mart kuni poytaxtdagi «O‘zekspomarkaz» MKKda 2018—2020-yillarga mo‘ljallangan soliq islohoti konsepsiyasining ochiq muhokamasi bo‘lib o‘tdi. Unda qatnashgan ekspert, O‘zbekiston moliya vaziri o‘rinbosari Vyacheslav Pak quyidagi fikrlarni bildirdi:

— Ish beruvchi, ya’ni tadbirkor uchun halol ishlash va kompaniyasi hamda xodimlari uchun soliqlarni to‘liq to‘lash befoyda bo‘lmasligi lozim. Shunday tizimni yaratishimiz kerakki, ish beruvchiga xodimlar sonini ham, ularning real maoshlarini ham yashirishdan manfaat bo‘lmasin. Qolaversa, hozirgi kunda yuqori QQS tufayli milliy mahsulotlarimiz qo‘shni davlatlar ishlab chiqargan mahsulotlar oldida raqobatbardosh bo‘lmay qolayapti. Bu masala yuzasidan ham jiddiy ishlashimiz kerak.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring