Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xitoyda «Tesla» mashinasi o‘z-o‘zidan yonib ketdi (video)

Xitoyda «Tesla» mashinasi o‘z-o‘zidan yonib ketdi (video)

Shanxay (Xitoy)da «Tesla Model S» elektromobili o‘z-o‘zidan yonib ketdi.

Quyidagi videorolik muallifining qayd etishicha, voqea savdo markazlaridan birining yer osti avtoturargohida yuz bergan.

Videodan ko‘rinib turibdiki, avvaliga mashina ostidan oqish tutun chiqishni boshlagan, keyin esa u portlab ketgan.

So‘nggi paytlarda Xitoyda «Tesla» elektromobillari yonib ketishi bilan bog‘liq hodisalar ko‘payib qoldi. Bundan tashvishga tushgan Amerika kompaniyasi voqea mohiyatini o‘rganish uchun Xitoyga o‘z mutaxassislarini yuborgan.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring