Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Xodimlarning harakatlarida jinoyat alomatlari yo‘q» – Farg‘ona viloyati sudi

«Xodimlarning harakatlarida jinoyat alomatlari yo‘q» – Farg‘ona viloyati sudi

Bir muddat oldin Farg‘ona viloyat Yozyovon tumanida sodir bo‘lgani aytilgan IIB xodimlarining bir fuqaroni ayovsiz kaltaklagani aks etgan videotasvirlar bo‘yicha rasmiy munosabat bildirildi.

IIV Matbuot kotibi bergan ma’lumotga ko‘ra, voqea Farg‘ona shahri ichki ishlar bo‘limida 2021-yilning 14-iyul kuni sodir bo‘lgan. Holat yuzasidan esa prokuratura organlari tomonidan JKning 206-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan hamda 2021-yil 2-dekabrda mazmunan ko‘rib chiqishlik uchun sud organlariga yuborilgan.

«Mazkur jinoyat ishi joriy yilning 23-avgust kuni Farg‘ona viloyati JIB sudi tomonidan apellyasiya tartibida ko‘rib chiqilib, xodimlarning harakatlarida jinoyat alomatlari yo‘q deb topilgan va oqlov hukmi chiqarilgan», – deyiladi IIV vakili Sh.G‘iyosovning ma’lumotida.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring