Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yaqin Sharq davlatlardan 5 ming nafardan ortiq o‘zbekistonlik qaytarildi

Yaqin Sharq davlatlardan 5 ming nafardan ortiq o‘zbekistonlik qaytarildi

Yaqin Sharq mintaqasida davom  etayotgan harbiy nizo natijasida Bahrayn, Quvayt, Suriya, Iroq, Eron, Qatar, Isroil, Iordaniya, BAA, Livan davlatlarining havo hududi parvozlar uchun turli xil muddatlarga yopiqligicha qolmoqda.

28-fevraldan boshlab O‘zbekiston shaharlaridan Dubay, Sharja, Madina,  Doxa, Jidda, Tel-Aviv, Tehron, Quvayt yo‘nalishlarida barcha aviaqatnovlar bekor qilindi. Natijada 28-fevral – 2-mart kunlari Quvayt, Isroil, Saudiya Arabistoni, Qatar va BAA dan 1 681 ta o‘zbekistonlik ucha olishmagan.

Qayd etilishicha, hozirgi vaqtda rezident va norezident aviakompaniyalar tomonidan 2026-yil 28-fevralgacha jo‘nab ketgan yo‘lovchilarni O‘zbekistonga qaytarish maqsadida parvozlar amalga oshirilmoqda.

Bugungi kun holatiga ko‘ra, mamlakatimiz rezident aviakompaniyalari tomonidan Madina va Jidda aeroportlaridan 21 ta parvozlar bajarilib 4 948 ta hamda Dubay shahridan 235 ta yo‘lovchilar O‘zbekistonga olib kelinishi ta’minlandi.

Ushbu reyslar bo‘yicha ma’lumotlarni aniqlashtirish uchun faqatgina aviakompaniyalarning vakolatxonalariga va ularning rasmiy veb-saytlarida ko‘rsatilgan telefon raqamlariga (ishonch telefonlariga) murojaat qilish lozim.

Shuningdek, fuqarolardan ehtimoliy tushunmovchiliklar va moliyaviy xavf-xatarlarning oldini olish maqsadida faqat rasmiy ma’lumot manbalaridan foydalanish va tekshirilmagan vositachilarga murojaat qilishdan saqlanish tavsiya etilmoqda.

Qo‘shimcha: Yo‘lovchilarga yordam ko‘rsatish maqsadida «O‘zaviatsiya» agentligining call-markazi 24/7 rejimida ishlaydi: tel. +998 (78) 120-00-72, +998 (71) 200-07-65.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring