Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonda yashash va ovqatlanish xizmatlari 46 trln so‘mdan oshdi

O‘zbekistonda yashash va ovqatlanish xizmatlari 46 trln so‘mdan oshdi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–mart oylarida O‘zbekistonda yashash va ovqatlanish xizmatlari hajmi 46,2 trln so‘mni tashkil etgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 8,6 foizga oshgan.

Qayd etilishicha, xizmatlar hajmi bo‘yicha Toshkent shahri respublikada yetakchilikni saqlab qolgan. Poytaxtda ushbu sohada 8,6 trln so‘mlik xizmat ko‘rsatilgan. Ikkinchi o‘rinda Samarqand viloyati qayd etilgan bo‘lib, hududda xizmatlar hajmi 5,5 trln so‘mga yetgan.

Namangan viloyatida 4,7 trln so‘mlik, Farg‘ona viloyatida esa 4,4 trln so‘mlik yashash va ovqatlanish xizmatlari ko‘rsatilgan. Qashqadaryo viloyatida mazkur sohadagi xizmatlar hajmi 3,9 trln so‘mni tashkil etgan.

Toshkent viloyatida bu ko‘rsatkich 3,3 trln so‘m, Andijon viloyatida esa 3 trln so‘m bo‘lgan. Xorazm viloyati va Buxoro viloyatida mos ravishda 2,4 trln va 2,3 trln so‘mlik xizmat ko‘rsatilgan.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida ham ushbu sohadagi xizmatlar hajmi 2,3 trln so‘mga yetgan. Surxondaryo viloyatida 1,9 trln so‘mlik, Navoiy viloyatida 1,6 trln so‘mlik xizmatlar qayd etilgan.

Jizzax viloyatida yashash va ovqatlanish xizmatlari hajmi 1,3 trln so‘mni tashkil etgan. Sirdaryo viloyati esa respublika bo‘yicha eng past ko‘rsatkichlardan birini qayd etgan. Bu hududda xizmatlar hajmi 919 mlrd so‘m bo‘lgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring